Shodligim olamga sig`mas,
Boisi sen, jonginam, (x2)
Bir ko`rib bo`ldim asir,
Jonginam, janonginam,
Jonginam, janonginam. (x2)

Ochilib, gulgun yonib,
Yondirgani kelganmiding? (x2)
Sarvinoz, qoshi hilolim,
Yuzlari bo`stonginam,
Yuzlari bo`stonginam. (x2)

Har safar bo`lg`ay muattar
Sen yurib o`tsang chaman.
Sochi xushbo`y anbarafshon,
Sunbuli rayhonginam. {x2}

Sen kulib boqsang munavvar
Bo`lg`usi jumla jahon,
Nurga to`ldirding ko`zimni,
Ko`zlari cho`lponginam. {x2}

Nurga to`ldirding ko`zimni,
Ko`zlari cho`lponginam. {x2}

Nuridiydam, mehribonim,
Tengi yo`q sohibjamol.
Xasta bo`lsam, yor yo`lida
Dardima darmonginam. {x2}

Arzigay jonimni qurbon
Aylasam shu yor uchun,
Izlasam ko`pdan beri
Ko`nglimdagi armonginam. {x2}

Oshiq Uyg`un mahliyodir
San`atingga beqiyos,
Tengi yo`q sohib adosan,
Bulbuli xushxonginam. {x2}

Tengi yo`q sohib adosan,
Bulbuli xushxonginam. {x2}

Ochilib, gulgun yonib,
Yondirgani kelganmiding. {x2}
Sarvinoz, qoshi hilolim,
Yuzlari bo`stonginam. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonginam
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 6, 2016