• Faxriddin Umarov - O'n sakkizga kirmagan kim bor

    Faxriddin Umarov

    O’n sakkizga kirmagan kim bor

    O muhabbat,
    Bog`ingdan gul termagan kim bor?
    O`n sakkizga kirmagan kim bor?
    Bog`ingdan gul termagan kim bor?

    Senga atab g`azallar yozib,
    Hamrohiga asta ko`rsatib,
    Qo`shni qizga bermagan kim bor?
    O muhabbat,
    Bog`ingdan gul termagan kim bor?

    Dastlab har kim qalam olgan on
    Yonib seni kuylar begumon. {x2}
    Maskan qurib har bir ko`ngildan,
    Oshiqlarni qoldirib tildan,
    Shoirlarni qilursan biyron.

    O muhabbat,
    Shoirlarni qilursan biyron.

    Tushgan chog`im men ham domingga,
    Ajib dunyo baxsh etding menga. {x2}
    Hayotimga zar lavha bo`lding,
    Ilk she’rimga sarlavha bo`lding,
    Xayollarim ulfatdir senga.

    O muhabbat,
    Xayollarim ulfatdir senga.

    Yuragimda his etdim qanot,
    Tilsim kabi ochildi hayot.
    Visoldagi damlarim shirin,
    Hijrondagi g`amlarim shirin,
    Kulib boqdi menga koinot.

    O`n sakkizga kirmagan kim bor,
    Bog`ingdan gul termagan kim bor?
    Senga atab g`azallar yozib,
    Hamrohiga asta ko`rsatib,
    Qo`shni qizga bermagan kim bor?

    O muhabbat,
    Bog`ingdan gul termagan kim bor? (x2)