Faxriddin Umarov - Umr o'tmoqda

Faxriddin Umarov

Umr o’tmoqda

Esiz-esiz, esiz bolalikni qoldirib ortda,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.
Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Oppoq tongni ulab tiyrai shomga, {x2}
Birda shak keltirib sirli olamga,
Goho ta’zim qilib battol, badnomga,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Goho ta’zim qilib battol, badnomga,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Mavj urib daryodek, qirg`oqdan toshib,
Yurar yo`limizdan birda adashib, (x2)
Kim bilandir zimdan mansab talashib,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda. (x2)

Erta bilan bog`liq ne damlarimiz,
Bilib-bilmay bosgan qadamlarimiz,
Xayrli ish, alam, taramlarimiz,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Keksalik mo`ralab eshik qoqmoqda,
Bolalik boshqatdan qaytarilmoqda, (x2)
Bizdan erta kunga nelar qolmoqda,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda. (x2)

Esiz-esiz, esiz bolalikni qoldirib ortda,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umr o’tmoqda
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016