• Fazo - Seva olmadim

    Fazo

    Seva olmadim

    Intizor edi qalbing mening sevgimga,
    Buyurolmadim ammo men o`z ko`nglimga.
    Ayblama sen meni, aybdor ko`nglim,
    Sen tomon talpinsam ham, seva olmadim.

    Seva olmadim, ko`zlaringni etma nam,
    Ozor bergan bo`lsam ham, baxt tilayin chindan.
    Seva olmadim, nafratdaman o`zimdan,
    Ma’no kelmas so`zimdan, seva olmadim.

    Sevmasligim aytolmay beqaror bo`ldim,
    Ko`nglingni zor etishni xohlamas edim.
    Sening qalbing beg`ubor, buni men sezdim,
    Sezib turib, shunda ham yuraging ezdim.

    Seva olmadim, ko`zlaringni etma nam,
    Ozor bergan bo`lsam ham, baxt tilayin chindan.
    Seva olmadim, nafratdaman o`zimdan,
    Ma’no kelmas so`zimdan, seva olmadim.

    Seva olmadim, ko`zlaringni etma nam,
    Ozor bergan bo`lsam ham, baxt tilayin chindan.
    Seva olmadim, nafratdaman o`zimdan,
    Ma’no kelmas so`zimdan, seva olmadim. (x2)