Fazo guruhi (Shukur) - Yuguraman qo'shiq matni, lyrics

Fazo

Yuguraman

Yuguraman-yuguraman ketingdan charchab,
O`zim yuguraman, yuguraman,
Yetolmayman hech ham.
Chaqiraman-chaqiraman ismingni aytib,
Lekin qaramaysan, qaramaysan
Orqangga sen hech ham. (x2)

Sevib qoldim men bir ko`rishda,
Seni eslab qoldim bir qarashda.
Hayron yugurasan kimning ketidan?
Yoki qochasan, yoki qochasan?

Ko`zlaringda yosh, sen yig`laysan,
Kimdandir judayam sen xafasan.
Yoki sevgingni kimdir zor etdimi?
Nega yig`laysan, nega yig`laysan?

Yuguraman-yuguraman ketingdan charchab,
O`zim yuguraman, yuguraman,
Yetolmayman hech ham.
Chaqiraman-chaqiraman ismingni aytib,
Lekin qaramaysan, qaramaysan
Orqangga sen hech ham. (x2)

Agar bo`lsa joy bu mehringda,
Jonim, men uchun bergin yuraging.
Sening yaqin insoning, sodiq sevging
O`zim bo`laman, o`zim bo`laman.

Orzularingga biz yetamiz,
Yolg`on so`zlarni biz tark etamiz.
Bilgin, sevgi bor – dunyo, shirin hayot
Bizda bo`ladi, bizda bo`ladi.

Yuguraman-yuguraman ketingdan charchab,
O`zim yuguraman, yuguraman,
Yetolmayman hech ham.
Chaqiraman-chaqiraman ismingni aytib,
Lekin qaramaysan, qaramaysan
Orqangga sen hech ham. (x2)

Yuguraman-yuguraman…
Yuguraman-yuguraman…

Yuguraman-yuguraman ketingdan charchab,
O`zim yuguraman, yuguraman,
Yetolmayman hech ham.
Chaqiraman-chaqiraman ismingni aytib,
Lekin qaramaysan, qaramaysan
Orqangga sen hech ham. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuguraman
Xonanda:
Fazo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2017