O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

G’uncha ochilsa bo’ldi,
Gul bo’ladi debsanda.
San yomondan ayrilsam,
Zo’r keladi debsanda.

Yomon bo’lsam yonimda
Yurganing nimasi?
Har qadamda gul otib,
Turganing nimasi?

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Anor siqding, bir yayrab,
Suvidan ichay endi.
Sog’inganman arazning
Bandini yechay endi. (x2)

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Bo’ldi mani o’ylama,
Tutar sevgi xumori.
Agar yorim bo’lsangda,
Man ko’ksingning tumori.

Olib yurgin erkalab,
Choy uzatay ertalab.
Baxtiyor qilgin mani,
Turay yoningda gullab.

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’sma
Xonanda:
Feruza Egamova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 2, 2015