• Ocha, sanga sirim bayon aylayin, aylayin,
    Yorning guli galdi, o`zi galmadi, yor-ey, galmadi.

    Boshimdan o`tganin bayon aylayin, aylayin,
    Yorning guli galdi, o`zi galmadi, yor-ey, galmadi.

    Vafo, falak yetim qildi g`amxona, g`amxona,
    O`zi galmay, guli galdi, begona, begona.

    Maning uchun yetim bo`lib har yona, har yona,
    Yorning guli galdi, o`zi galmadi, yor-ey, galmadi. (x2)

    Demak asrar niholimni qayirmish, qayirmish,
    G`azab bilan meni yordan ayirmish, ayirmish.

    Bilmam, endi yorim kima buyurmish, buyurmish,
    Yorning guli galdi, o`zi galmadi, yor-ey, galmadi. (x2)

    Shohsanam qiz, derlar meni odim-o, odimo,
    Bir oh ursam, olam yonar o`tima, o`tima.

    Sandan boshqa kimlar yetar dodima, dodima,
    Yorning guli galdi, o`zi galmadi, yor-ey, galmadi. (x2)

    Yorning guli galdi, o`zi galmadi, yor-ey, galmadi… {x2}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.