Hey, yigitning dilovori,
Dilim vayrona, tingla meni.
Giryon yuragim huzuri,
Dardlarimga davo ayla.

Hey, yigitning namudori,
Teran dardlarim, tingla meni.
Sensiz kunu tunim o’tmas,
Bo’l abadiy yonimda.

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya, vafoli yagonam.
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko’zlarim yoshlatma. (x2)

Ay, bu jonim sabri payon,
Kutaman, ammo tanla makon.
Kelgin, sevgilim men tomon,
Mehringni dildan ayla.

Ay, bu jonim sabri ayon,
Zoyamas-ku, poylayman har on.
Etgin, Rabbim, yorimni omon,
Bo’lsin mangu yonimda.

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya, vafoli yagonam.
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko’zlarim yoshlatma. (x2)

Kel, azizim, munavvarim-o…
Kel, azizim, samo, yerim-o…

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya…
Kel, azizim, samo, yerim-o…
Kel, azizim…

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya, vafoli yagonam.
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko’zlarim yoshlatma. (x2)

Kel, azizim… Sal meni aya…
Kel, azizim… Ko’zlarim yoshlatma…
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko’zlarim yoshlatma.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel azizim
Xonanda:
Feruza Jumaniyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2015