Feruza Jumaniyozova - Kumushning ko'zi manda qo'shiq matni, lyrics

Feruza Jumaniyozova

Kumushning ko’zi manda

Bitta gul gulshanmikan,
Mingta gul gulshanmikan? (x2)
Ko`zim gul, vujudim gul-ey,
Bevafo kelganmikan? (x2)

Anov qiz xush yuribdi,
Qo`lida gul turibdi. (x2)
Bevafo begimiz, a,
Sizni ne jin uribdi?

Shirinning so`zi manda,
Kumushning ko`zi manda,
Siz sodiq Majnun bo`ling-ey,
Laylining o`zi manda. (x2)

Ming yilcha sevaman deng,
O`lguncha sevaman deng, (x2)
Ko`zlarimning daryosi-yey
To`lguncha sevaman deng. (x2)

Kim alamni sog`inar?
Dil ko`klamni sog`inar. (x2)
Yonmasam qandoq kuylay-ey,
Qosh qalamni sog`inar.

Shirinning so`zi manda,
Kumushning ko`zi manda,
Siz sodiq Majnun bo`ling-ey,
Laylining o`zi manda. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kumushning ko’zi manda
Xonanda:
Feruza Jumaniyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 20, 2018