Qatra-qatra to`kildi ko`zlarimdan durdona,
Nahot qadrim bilmaydi soxta majnun, devona? (x2)
Yondim-kuydimni aytib, makkor meni aldaydi,
Yonimga kelsin qaytib, oh, fe’limni bilmaydi. (x2)

Sen shoxida yursang-ey,
Men yuraman bargida.
Sen chap yonda yursang-ey,
Men yuraman o`ngida. (x2)

Qo`ymas eding holimga, bilaklarimdan tutib,
Ishon deding sevgimga, ko`zdan yoshlaring to`kib. (x2)
Endi mendek janona kerak bo`lmay qoldimmi?
Shoshmay turgin devona, o`tkazay bir qadrimni. (x2)

Sen shoxida yursang-ey,
Men yuraman bargida.
Sen chap yonda yursang-ey,
Men yuraman o`ngida. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen shoxida
Xonanda:
Feruza Jumaniyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2017