Feruza Karimova - Ado qilaman deb

Feruza Karimova

Ado qilaman deb

Ko`p ekan hazilingiz,
Xo`b ekan hazilingiz, (x2)
Ketsangiz bo`lmaydimi,
Bormi bir manzilingiz?
Voy-voy, ado qilaman deb,
Ado bo`lmang-ey.

Kecha-kunduz aylanib,
Keng ko`chamga bo`ylanib, (x2)
Aylanib, o`rgilasiz,
Voy-dod, ado qilaman deb-o,
Ado bo`lmang-ey.

Tol tagiga kelvolib,
Soyada o`ltirvolib, (x2)
Nimalarni o`ylaysiz-ey
Chordanani qurvolib?
Voy-voy, ado qilaman deb,
Ado bo`lmang-ey.

Gul ko`tarib kelasiz,
Olmasligim bilasiz, (x2)
Ko`chaga chiqsam, nega
Man tomon shoshilasiz?
Voy-voy, ado qilaman deb,
Ado bo`lmang-ey.

Gul berishdan foyda yo`q,
Mandagi gul boyda yo`q.
Hali ko`p qiynalasiz,
Mandakasi oyda yo`q.
Voy-voy, yor-ey, ado qilaman deb,
Ado bo`lmang-ey, dod-ey.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ado qilaman deb
Xonanda:
Feruza Karimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016