• Feruza Karimova - Dastingdan

    Feruza Karimova

    Dastingdan

    O`rgilay kelishgan bastingdan,
    Dilingni yeb yotgan qasdingdan, (x2)
    Buncha nasiying ko`p naqdingdan,
    Dod degim kelyapti dastingdan. (x2)

    Qo`y meni, bunchalar qiynama,
    Qalbimni alam-la tirnama, (x2)
    Oh, meni bundayin sinama,
    Dod degim kelyapti dastingdan. {x2}

    Sevmasang rostini aytaqol,
    Bu yolg`on ro`yodan qaytaqol,
    Meni arosatdan-ey tortib ol,
    Dod degim kelyapti dastingdan. {x2}

    Afsuski sevaman, na qilay?
    Yorilgil, maqsading man bilay. (x2)
    Iloyo sevmasdan man o`lay,
    Dod degim kelyapti dastingdan. (x2)

    Dod degim kelyapti dastingdan…