Feruza Karimova - Netay yuragim

Feruza Karimova

Netay yuragim

Gohi-gohi to`xtab-to`xtab urarsan,
Nega buncha o`rtab-o`rtab urarsan?
Qiynalgan ko`ksimni qiynab turarsan,
Netay, netay, netay, yuragim?

O`nqir-cho`nqir bo`lsa umr yo`llari,
Chigal-chalkash bo`lsa o`ngu-so`llari,
Baxtimiz bog`lasa g`anim qo`llari,
Netay, netay, netay, yuragim?

Baxt ila baxtsizlik bir qadam bo`lsa,
Quvonchning hamrohi qayg`u-g`am bo`lsa,
Bevafo dunyoning bari kam bo`lsa,
Netay, netay, netay, yuragim?

Taqdirda bo`lmasa yaratib bo`lmas,
Netay, netay, netay, yuragim?
Netay, netay, netay, yuragim?
Netay, netay, netay, yuragim?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Netay yuragim
Xonanda:
Feruza Karimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 24, 2016