Firdavs - Kel yorim

Firdavs

Kel yorim

Yuragimni maftun etgan go`zalim o`zingsan,
Holimni ham zabun etgan sevgilim o`zingsan,
Yonimga kel, yorim.

Xumor-xumor ko`zlaringning shaydosi o`zimman,
Shirin-shirin so`zlaringning gadosi o`zimman,
Zor etma sen, jonim.

Voy-voy, buncha yoqimtoy, go`zallikka boy,
Xayolim oldi bu chiroy.
Voy-voy, buncha yoqimtoy, go`zallikka boy,
Misoli osmondagi oy. (x2)

Muhabbatim rad etmagin, xayolim o`zingsan,
Sog`inaman, noz etmagin, go`zalim o`zingsan,
Yonimga kel, yorim.

Hijroningda yondirmagin, oshig`ing o`zimman,
Firoqlarda qoldirmagin, Majnuning o`zimman,
Yonimga kel, yorim.

Voy-voy, buncha yoqimtoy, go`zallikka boy,
Xayolim oldi bu chiroy.
Voy-voy, buncha yoqimtoy, go`zallikka boy,
Misoli osmondagi oy. (x2+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel yorim
Xonanda:
Firdavs
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2015