Firdavs - Sog'indim

Firdavs

Sog’indim

(Sog`indim seni…)

Boraman asta manzil-makoning izlab,
Sog`indim, asli mana shundayin sabab
Olib boradi meni huzuringga, jonim.
Qalbim bezovta yaqinlashganim sari,
Ortib boradi vujudim hayajoni,
Yetaman nahot yoningga hademay, jonim.

Ohim benaziram, asmoi jamilam-o,
Sog`indim seni,
Ohim benaziram, dildagi xazinam-o.

Havasim keldi sevishganlarni ko`rib,
Esladim seni darhol, shu dam xo`rsinib,
Yo`l oldim bugun, shoshib huzuringga, jonim.
Topolmadim savollarimga javob,
Yorga yetar kunimgacha dilim betob,
Ko`rishgim kelar, diydoring g`animat, jonim.

Ohim benaziram, asmoi jamilam-o,
Sog`indim seni,
Ohim benaziram, dildagi xazinam-o. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim
Xonanda:
Firdavs
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 11, 2017