• Firdavs - Vatan yagonasan

    Firdavs

    Vatan yagonasan

    Dunyolar ichida o`zing bir dunyo,
    Qo`yningda yursam ham, goho sir dunyo. (x2)
    Onam deymu seni, singlim deymu yo?
    Vatan yagonasan dilimda doim. (x2)

    Vatan yagonasan, Vatan yagonasan,
    Vatan yagonasan dilimda doim. (x2)

    Bu yorug` olamning jannatlari bor,
    Vatandan bo`lagin minnatlari bor.
    Joningga jonimning payvandlari bor,
    Vatan yagonasan dilimda doim.

    Vatan yagonasan, Vatan yagonasan,
    Vatan yagonasan dilimda doim. (x2)

    To jahon bor ekan, hamisha bor bo`l,
    Temurning yurtisan, doim tojdor bo`l. (x2)
    Poyingga baxshida jonimga yor bo`l,
    Vatan yagonasan dilimda doim. (x2)

    Vatan yagonasan, Vatan yagonasan,
    Vatan yagonasan dilimda doim. (x2)

    Vatan yagonasan dilimda doim…