ForMusic Pro - Men sevaman

ForMusic Pro

Men sevaman

Biz ikkimiz ham sevamiz, ha,
Biz ikkimiz ham sog`inamiz, ha.
So`zlolmaydi til, lek qiynaladi dil,
Men seni sevaman, ko`zlarimdan bil.

Uyqu kelmas ko`zlarimga,
Qachon ko`raman uni deya yana.
Ko`zlarda uyqu yo`q, hali ko`rganim yo`q,
Xayolimdan uni ketkazganim yo`q.

Men sevaman, hey, men sevaman, hey,
Men sevaman go`zalim seni.
Men sevaman, hey, men sevaman, hey,
Men sevaman asalim seni.

Kimga aytaman man ichimdagi dard,
O`zim o`zimga ayon, qiynaladi qalb.
Dard emas yo`q, men uchun bu nafosat,
Qani endi bir kelsa men uchun imkoniyat.

Shunda ham chekinishga ortga yo`l yo`q,
Ishonchingni yengaman, bunga bo`lsin ko`ngling to`q.
Ko`zlaringdan sezaman sening sevishingni,
Yuragim aytib turar bir tuyg`u berishingni.

Shamol kabi uchib oldingga shoshaman,
Sog`inganimni faqat senga aytaman.
O`zgalar bilmasin meni sevishimni,
Hattoki bilishsin gullardan qizg`onishimni.

Jim! Hatto samoga yetadi bizning niyat,
Qizg`onaman seni o`zimga keraksan faqat.
Yagonam yulduz kabi yagonamsan mening,
Yangi kashf etgan sayyoramsan mening.

Men sevaman, hey, men sevaman, hey,
Men sevaman go`zalim seni.
Men sevaman, hey, men sevaman, hey,
Men sevaman asalim seni.

Biz ikkimiz ham sevamiz,
Biz ikkimiz ham sog`inamiz.
So`zlolmaydi til, lek qiynaladi dil,
Men seni sevaman, ko`zlarimdan bil.

Men sevaman, men sevaman,
Men sevaman go`zalim seni.
Men sevaman (sevaman), men sevaman (sevaman),
Men sevaman (sevaman) go`zalim seni.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men sevaman
Xonanda:
ForMusic Pro
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2016