ForMusic Pro - Yodingda tut (Love You 2)

ForMusic Pro

Yodingda tut

Duk-duk ursa yurak sen uchun,
Yo`q-yo`q, yashaylik biz sevgi uchun.
Men bilan osmonda uch, muhabbat qalbga berar kuch,
Yetishish uchun senga, ber bir bor belgi menga.

Sen, men va o`rtamizda hech kim yo`q,
Men, sen, ikkimizda ko`ngil qalbda cho`g`.
Yetaman bu orzularga, nuqta qo`y qayg`ularga,
Mendan uzoqlashma, chekinmayman ortga.

Yodingda tut – sevaman, (hey)
So`zlagin jonim mening, sen borlig`imsan meni,
I love you!
Yodingda tut – sevaman, (hey)
Love you, love you, love you, love you.

Qalb xursand, sog`inadi bu yurak,
Bir soniya ham yo`qotmaslik kerak.
Sen mening yonimda, tunda xayolimda,
O`zga emas, yolg`iz sen vujudimda.

Har soniya sevgingni so`zlamasdan sevaman,
Sendagi sog`inchni so`zlama, sezaman.
Aytaman, qayta-qaytalama qalbim dard emas,
Baxt bo`lasan borlig`im.

Har zamonda seni yo`qotishdan qo`rqaman, hey,
Orzuim sensan, senga erishaman, hou.
Love you, sensiz yolg`izman, love you, ko`zi ojizman,
Love you, men seni sevaman, I love you!

Yodingda tut – sevaman, (hey)
So`zlagin jonim mening, sen borlig`imsan meni,
I love you!
Yodingda tut – sevaman, (hey)
Love you, love you, love you, love you.

Sog`inch beradi azob, qalbim esa zor,
Muhabbat erkalasi, shirindur xayol.
Uchaman osmonda yonimda bo`lsang agar,
Sevgi fazosidan iforing eltar muhabbat.

Qoldirma qadamingni qimmatbaho qalbingda,
Qolishni istayman bir umr vujudingda.
Ayamasdan azoblar berasan har zamon,
Rahm ayla, o`yla, yurak sevadi hamon.

Yodingda tut – sevaman, (hey)
So`zlagin jonim mening, sen borlig`imsan meni,
I love you!
Yodingda tut – sevaman, (hey)
Love you, love you, love you, love you.

I love you! I love you! I love you!

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yodingda tut
Xonanda:
ForMusic Pro
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2016