Boy qiziga boylangan yurak,
Devonaga aylangan yurak.
O`sha qizni sevmay qurib ket, ket,
Mana endi jonimiz halak. (x2)

Biz yerdamiz, u qiz samoda,
Chiqay desak, g`urur qo`ymaydi.
Sen yurakni ikki dunyoda
Boyvachchaning qizi sevmaydi.

Qiynalamiz shom-u saharda,
O`ngimizda, so`limizda cho`g`.
Gunohimiz shuki, bizlarda
Muhabbatdan boshqa boylik yo`q.

Qo`y kuyinma, yalinma yurak,
Bunday baxtdan ko`ngil to`lmaydi.
Yig`layverma, senga ne kerak?
Yor bo`yningga marjon bo`lmaydi.

Boy qiziga boylangan yurak,
Devonaga aylangan yurak.
O`sha qizni sevmay qurib ket, ket,
Mana endi jonimiz halak.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boy qizi
Xonanda:
G'anisher Abdullayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 11, 2018