Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xo’rlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni ko’rdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)

Baxtim quchoq ochganida keldingmi yor,
Quyoshim nur sochganida keldingmi yor?
Bir og’iz shirin so’zga zor yarim ko’nglim
Yig’laganda, yig’latgan ul mayda eding.

Jon oluvchi nigohingdan yor qo’rqaman,
Tinch qo’y meni iltimos, bor qo’rqaman.
Men fidoyi oshiqlarning gadosiman,
Mehrga zor yurganimda qayda eding?

Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xo’rlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni ko’rdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qayda eding
Xonanda:
G'anisher Abdullayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2015