• Dunyo-dunyo, quvonchlaring cheklanmagan,
    Dunyo-dunyo, armonlaring hech bitmagan. (x2)
    Insonlarning g’iybatlari tugamagan,
    G’am-tashvishdan ko’zlarida yosh arimagan. (x2)

    Har onalar o’g’illarin taxtda ko’rsinlar,
    Qizlarini alvon-alvon baxtda ko’rsinlar. (x2)
    Qo’llar ochib o’qilgankim har bir duolar
    Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.

    Insonlar bor – ibodatdan Haqni topganlar,
    Insonlar bor – xarom ishdan gunoh topganlar. (x2)
    Oniy insoniylik, oniy nafis tuyg’ular,
    Bilgil, insonni jannatul firdavsga yo’llar. (x2)

    Har onalar o’g’illarin taxtda ko’rsinlar,
    Qizlarini alvon-alvon baxtda ko’rsinlar. (x2)
    Qo’llar ochib o’qilgankim har bir duolar
    Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.