G'ayrat Usmonov - Kelmadingiz

G'ayrat Usmonov

Kelmadingiz

Qaldirg`ochning qanotimu qoshlaringiz,
O`n oltimu o`n yettimu yoshlaringiz? (x2)
Nigoh tashlang ko`taribon boshlaringiz,
Kelmadingiz holim so`rab biror bora. (x2)

Kelmadingiz, kelmadingiz, kelmadingiz,
Holim so`rab biror bora kelmadingiz.
Kelmadingiz, kelmadingiz, kelmadingiz,
Kuydirmajon, bag`ritoshim, kelmadingiz.

Oylar kutdim, kunlar kutdim, zor-zor kutdim,
Bu dunyoni, u dunyoni men unutdim. (x2)
Yuragimni olma misol sizga tutdim,
Kelmadingiz holim so`rab biror bora. (x2)

Kelmadingiz, kelmadingiz, kelmadingiz,
Holim so`rab biror bora kelmadingiz.
Kelmadingiz, kelmadingiz, kelmadingiz,
Kuydirmajon, bag`ritoshim, kelmadingiz.

Ro`zi-maxshar ismingizni aytib turay,
O`shangacha ko`changizdan o`tib turay. (x2)
Siz unutgan rayhon shoxin o`pib yuray,
Kelmadingiz holim so`rab biror bora. (x2)

Kelmadingiz, kelmadingiz, kelmadingiz,
Holim so`rab biror bora kelmadingiz.
Kelmadingiz, kelmadingiz, kelmadingiz,
Kuydirmajon, bag`ritoshim, kelmadingiz. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelmadingiz
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016