Maftun etding, shunchalar ham
Chiroyli bo’lasanmu,
Men kuylasam bulbul bo’lib,
Guldayin kulasanmu? (x2)

Atirgulga aylangin sen,
Shabnam tomsin yanog’ingdan.
Bog’ ichida buloq bo’lib,
O’payin bol dudog’ingdan.

Kulasan go’zalim, kulasan,
Shirin-shirin kulasan.
Kulasan go’zalim, kulasan,
Shirin-shirin kulasan.

Go’zalim, erkatoy go’zalim,
Go’zalim, bag’ritosh go’zalim.
Ayt, qachon yonimga kelasan?
Shirin-shirin kulasan.

Hayron bo’lma taralganda
Sevgi kuyi chamanlardan.
Tanlaganim sensan go’zal,
Qoshlari qalamlardan. (x2)

Atirgulga aylangin sen,
Shabnam tomsin yanog’ingdan.
Bog’ ichida buloq bo’lib,
O’payin bol dudog’ingdan.

Kulasan go’zalim, kulasan,
Shirin-shirin kulasan.
Kulasan go’zalim, kulasan,
Shirin-shirin kulasan.

Go’zalim, erkatoy go’zalim,
Go’zalim, bag’ritosh go’zalim.
Ayt, qachon yonimga kelasan?
Shirin-shirin kulasan.

Ayt, qachon yonimga kelasan?
Shirin-shirin kulasan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kulasan
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 15, 2014