G'ayrat Usmonov - Seni qanday qizg'onmay

G'ayrat Usmonov

Seni qanday qizg’onmay

Kulsang kulgu yarashib tursa,
Chiroyingdan oy ham uyalsa,
Kulsang-ey, kulsang,
Yursang rayhon egilib tursa-ey,
Seni qanday qizg’onmayin men?
Seni qanday qizg’onmayin men?

Shir-bolu asal so’zlaring,
Tun qarodek qaro ko’zlaring,
To’lin oydek to’lin yuzlaring,
Seni qanday qizg’onmayin men?
Seni qanday qizg’onmayin men?

Yurak faqat seni so’rasa,
Ko’zim har on yo’ling qarasa,
Yuzing asta shamol silasa,
Seni qanday qizg’onmayin men?
Seni qanday qizg’onmayin men?

Arazlasang araz yarashsa,
Oshiqlaring yo’ling qarashsa,
Ko’rganimda ko’zim qamashsa,
Seni qanday qizg’onmayin men?
Seni qanday qizg’onmayin men?

Kulsang kulgu yarashib tursa,
Chiroyingdan oy ham uyalsa,
Kulsang-ey, kulsang,
Yursang rayhon egilib tursa-ey,
Seni qanday qizg’onmayin men?
Seni qanday qizg’onmayin men?

Shirin bolu asal so’zlaring,
Tun qarodek qaro ko’zlaring,
To’lin oydek to’lin yuzlaring,
Seni qanday qizg’onmayin men?
Seni qanday qizg’onmayin men?
O, seni qanday qizg’onmayin men?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni qanday qizg’onmay
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 10, 2014