• G'ayrat Usmonov – Sog'indim

    G'ayrat Usmonov

    Sog’indim

    Sevmasang, sevdim deb, jonim, netarding,
    Sevdim derding-u, sevsang qayga ketarding? (x2)
    Bir yigit boshimga {x3} o`zing yetarding,
    Meni kimlarga ayt, yolg`iz tashlab ketding?

    Sog`indim kelmaysanmi,
    Shamol bo`lib esmaysanmi?
    Qayda bo`lsang ham, yolg`izim,
    Hech meni eslaysanmi? (x2)
    Eslaysanmi?

    Tirnoqlarim uchidan
    Sochimgacha sen,
    Tomirlarim ichidan
    Ohimgacha sen.

    Shod kulib, qon yig`lagan
    Chog`imgacha sen, yana sen.
    Meni kimlarga ayt,
    Yolg`iz tashlab ketding?

    Sog`indim kelmaysanmi,
    Shamol bo`lib esmaysanmi?
    Qayda bo`lsang ham, yolg`izim,
    Hech meni eslaysanmi? (x2)
    Eslaysanmi?

    Sensiz ado bo`ldim,
    Kulishga yo`q holim.
    Ishqqa gado bo`ldim,
    Gadosi ham o`zim jonim. (x2)

    Sog`indim-ku men yorim, {x2}
    So`gindim-ku men jonim.

    Sog`indim kelmaysanmi,
    Shamol bo`lib esmaysanmi?
    Qayda bo`lsang ham, yolg`izim,
    Hech meni eslaysanmi? (x2)
    Eslaysanmi?

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.