Bugun sizning uyingizga yor-yor kelar,
Bugun bizning ko’nglimizga ozor kelar.
Bugun sizni suymaganni suydurasiz,
Sizga yozgan xatlarimni kuydurasiz.(x2)

Ostonada men uchun ham yig’lab keting,
Muhabbatim zanjiriga bog’lab keting. (x2)
Hay, hay, hay, hay o’lan, sevgim yashar siz bilan.
Hay, hay, hay, hay o’lan, sevgim yashar siz bilan.

Sho’x yangangiz qoshingizga qoshlar qo’shar,
Qo’sh ko’nglimiz yoshimizga yoshlar qo’shar.
Yor uyida ko’rinmasin bo’ylarim-ey,
Chimildiqdan o’tolmasin o’ylarim-ey. (x2)

Ostonada men uchun ham yig’lab keting,
Muhabbatim zanjiriga bog’lab keting. (x2)
Hay, hay, hay, hay o’lan, sevgim yashar siz bilan.
Hay, hay, hay, hay o’lan, sevgim yashar siz bilan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2014