G'ayrat Usmonov - Yor-yor

G'ayrat Usmonov

Yor-yor aytamiz

Sizga to`ylar kelodi – bizga o`ylar oy boshi,
Qismatimga qo`l berib, o`zim bo`lay to`yboshi.

Soylar soyga oqdilar, boylar sizga boqdilar,
Nima bo`lsa, men bo`lay – egilmasin boy boshi.

Suv yo`lidan yurmagin – ezilmasin yuraging,
Ikkimizni bir ko`rmay, yig`layabdi soy boshi. (x2)

Sizga “yor-yor” aytamiz, to`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni endi suvga aytamiz.

Sizga “yor-yor” aytamiz, to`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni endi soyga aytamiz.

Gado bo`lsam mayliyu, ado bo`lsam mayliyu,
Manziliga yetganda qayrilmasin toy boshi.

Qayda oshiq xor emas, bizga xorlik or emas,
Yig`larmidi to`yingda qirqilmasa nay boshi?!

Go`shangada uyola, yorga tutsang piyola,
Mug`anniyga atalib, to`kilmasin choy boshi. (x2)

Sizga “yor-yor” aytamiz, to`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni endi suvga aytamiz.

Sizga “yor-yor” aytamiz, to`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni endi soyga aytamiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor aytamiz
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 28, 2014