Kel yonima Zulxumor,
Yarash-yarash qilaylik,
Arazni qo’y, kel xumor,
Qarash-qarash qilaylik. (x2)

Yo’lingga gul poyondoz,
Bulbul kuyi intizor,
Kel, dilga kim tez olov
Qalash-qalash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Vaslingda quvnab sabo,
To’zg’itsa kokillaring,
Sochlaringni kim yaxshi
Tarash-tarash qilaylik.

Quvnashib o’ynashaylik,
Xayron qolsin chamanlar,
Bir olmani ikkimiz
Talash-talash qilaylik.

Mug’anniyni unutma,
Navolarim mast qilsin,
Men senga, sen menga baxt
Tilash-tilash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zulxumor
Xonanda:
G'ayrat Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 15, 2014