• G`iyos Boytoyev - Aldama yorim

    G'iyos Boytoyev

    Aldama yorim

    Senga bo`lgan muhabbatim cheksiz, bilasan,
    Menga hayot go`zal emas sensiz, bilasan, (x2)
    Ayt-chi, jonim, aldab meni ne ham qilasan,
    Nahot sen ham aldasang meni?

    Aldama jonim, aldama jonim,
    Nahot sen ham aldasang meni? (x2)

    Aldovlardan kuyib-kuyib, ado bo`lganman,
    Ishonch degan sirli hisdan judo bo`lganman, (x2)
    Muhabbat eshigin qoqib xato qilganman,
    Nahot sen ham aldasang meni?

    Aldama jonim, aldama jonim,
    Nahot sen ham aldasang meni? (x2)

    Chin so`zga ham ishonmaydi aldangan yurak,
    Buni sen ham chin yurakdan bilmog`ing kerak.
    Bilgin, menga o`zga emas, o`zginang kerak,
    Nahot sen ham aldasang meni?

    O`zgalardan o`rganmagin hayot darsini,
    Hech bir kulol tuzatolmas ko`ngil dardini,
    Bu dunyoda har kim uzar olgan qarzini,
    Nahot sen ham aldasang meni?

    Aldama jonim, aldama jonim,
    Nahot sen ham aldasang meni? (x2)

    Nahot sen ham aldasang meni?