G'iyos Boytoyev - Bola nolishi (Yetim bola)

G'iyos Boytoyev

Bola nolishi

Hayotimiz, kelajagimiz – bolalar.
Ular har tomonlama, ruhan va jismonan sog`lomligi
El-yurt ravnaqidir.
Ammo afsus, bir kam dunyo bu –
Ota-onasi hayot bo`la turib, tirik yetimlar ham bor.
Ularning nolasini kim eshitadi?

Og`a-inim, opa-singlim yo`q,
Menda nurli kunlar yo`q.
Qir-adirni ko`rmayin men
Kapalakni quvganim yo`q.

Baxti qora bolaman,
Taqdirimdan noliyman,
Onam izlab har tongda
Eslab kuyga solaman.

Onam izlab har tongda
Eslab kuyga solaman.

To`rg`aydayin nolalar qilarmidim, ayting men,
O`z bag`rimni o`zginam tig`larmidim, ayting men?
To`rg`ay qushi bo`lsa-da, o`z bolasin asraydi,
Ona kechsa boladan, bundan azob bo`lmaydi.

Bor insonlar tug`ilgan uyida shod yursalar,
Boshqa uyda qon yig`lab o`tarmidim, ayting men.
Hatto toshdan bo`lsa ham bitta xonam bo`lsaydi,
Hamma kabi mening ham aziz onam bo`lsaydi.

Men ham aziz onamni gohi ko`rgim keladi,
Yetaklashib yonida sho`x-sho`x yurgim keladi.
Onam bo`lsa kelmasmidi, bolasin bir ko`rmasmidi,
Bag`riga bosib, erkalab, o`rik-mayiz bermasmidi?

Erkalatib hech banda suygan emas betimdan,
Kimga kerak biz kabi dili yarim yetimlar?
Men ham onam bag`rida yashnab dilim to`lsaydi,
Hamma kabi mening ham aziz onam bo`lsaydi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bola nolishi
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 15, 2016