Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam? (x2)
Bu dunyoda birday g`arib – men ham, sen ham,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam, (x2)
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam?

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron. (x2)
Mani jonim, sani joning omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam?

Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`,
Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo`ygan qopqondan qo`rq.
Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam…

Sani joning, mani jonim omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?
Sani joning, mani jonim omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib, sahrolarga yetaklasam?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erka ohu
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 10, 2015