G'iyos Boytoyev - Jonim qoqay

G'iyos Boytoyev

Jonim qoqay

Jonim qoqay shu qizchaning xollariga,
Lablarida titrab turgan bollariga, (x2)
Qaramaydi, chiqib tursam yo`llariga, {x2}
Nima qilsa, shu qoshlari qalam qilsin,
Qadrimizga yetmasalar, alam qilsin.

Nima qilsa, shu qoshlari qalam qilsin, {x2}
Qadrimizga yetmasalar, alam qilsin.

Ko`zlarimni kuydiradi yanoqlari,
Suymaganni suydiradi dudoqlari, (x2)
Buncha shirin muhabbatning so`roqlari, {x2}
Nima qilsa, shu qoshlari qalam qilsin,
Qadrimizga yetmasalar, alam qilsin.

Nima qilsa, shu qoshlari qalam qilsin, {x2}
Qadrimizga yetmasalar, alam qilsin.

Ko`chamizdan o`tsa agar, shodlanaman,
Qachon uning suyganiga aylanaman? (x2)
Qaramasa, boshqasiga uylanaman, {x2}
Nima qilsa, shu qoshlari qalam qilsin,
Qadrimizga yetmasalar, alam qilsin.

Nima qilsa, shu qoshlari qalam qilsin, {x2}
Qadrimizga yetmasalar, alam qilsin. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonim qoqay
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2015