G'iyos Boytoyev - Ko'klamoyim

G'iyos Boytoyev

Ko’klamoyim

Sochimda oq, men bahordan o`tindim:
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. (x2)
Qor qo`ynidan zo`rg`a senga yetindim,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. (x2)

Sen keltirgan rizq-ro`zingdan aylanay,
Sumalakli Navro`zingdan aylanay.

Ko`k dalamda asrab yuray ko`kni men,
To`yib-to`yib yuzga suray ko`kni men.
Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Sen keltirgan rizq-ro`zingdan aylanay,
Sumalakli Navro`zingdan aylanay.

Ko`nglimda ko`k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin.
Boychechakka borar yo`llar ochilsin,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Boychechakka borar yo`llar ochilsin,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin, dala-dashtim yasanib,
Kapalakdek ming yalpizga yastanib.
Ikki misra qo`shiq aytay maqtanib,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ikki misra qo`shiq aytay maqtanib,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Sen keltirgan rizq-ro`zingdan aylanay,
Sumalakli Navro`zingdan aylanay. (x2)
Sumalakli Navro`zingdan aylanay…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’klamoyim
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 31, 2015