• G'iyos Boytoyev - Mehr qolur

    G'iyos Boytoyev

    Mehr qolur

    O`tar qancha yillar to`zoni,
    Yulduzlar ko`z yoshi samoni, (x2)
    O`tar inson yaxshi-yomoni,
    Mehr qolur, muhabbat qolur. (x2)

    Qorachig`da porlagan o`sha,
    Iqboliga chorlagan o`sha,
    Dunyoni tor aylagan o`sha,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Dunyoni tor aylagan o`sha,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Oqib ketdi suvlarda Tohir,
    Zuhro yig`lab qoldi, qon bag`ir,
    Kelganda ham zamona oxir,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Xumor sening ko`zlaring, suluv,
    Anor sening yuzlaring, suluv,
    Yodda qolmas so`zlaring, suluv,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    Yodda qolmas so`zlaring, suluv,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    O`tar qancha yillar to`zoni,
    Yulduzlar ko`z yoshi samoni,
    O`tar inson yaxshi-yomoni,
    Mehr qolur, muhabbat qolur.

    O`tar inson yaxshi-yomoni,
    Mehr qolur, muhabbat qolur. {x2}