• G'iyos Boytoyev - Muhabbat yo'q ekan

    G'iyos Boytoyev

    Muhabbat yo`q ekan

    Bir qiz yig`lar buloq boshida,
    Ma’yus majnuntollar qoshida, (x2)
    Ko`ngil ohi ko`zin yoshida,
    Bevafo ko`p ekan dunyoda. (x2)

    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.
    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.

    Nigohida oftoblari bor,
    Ko`z yoshlarin javoblari bor, (x2)
    Sevgan, sevgi azoblari bor,
    Bevafo ko`p ekan dunyoda. (x2)

    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.
    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.

    Ermak ekan endi Laylolar,
    Majnun g`arib kezgan sahrolar, (x2)
    Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
    Bevafo ko`p ekan dunyoda. (x2)

    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.
    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.

    Dildan ko`chib ketsa xayollar,
    Yomonga yo`q ekan jazolar,
    Yolg`on dunyo ekan dunyolar,
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.

    Qo`y, yig`lama, mening jon singlim,
    Men ham sendek bag`ri qon, singlim, (x2)
    Menga ham yo`q mehribon, singlim,
    Bevafo ko`p ekan dunyoda. (x2)

    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda.
    Muhabbat yo`q ekan, {x2}
    Bevafo ko`p ekan dunyoda. {x2}