G'iyos Boytoyev - Sanamgina

G'iyos Boytoyev

Sanamgina

Olov yashar yuragimda, alam qani,
Bir tasalli yoki yupanch, malham qani, (x2)
Qish chillasi qaqshatadi, ko`klam qani, {x2}
Qoshi qaro, ko`zi qaro qalamgina,
Kuydiradi, suydiradi sanamgina. (x2)

Menga aytgan qo`shiqlari yolg`on ekan,
Yo hammasi esdan chiqib qolg`on ekan, (x2)
Sarvi bo`yni majnuntoldan olg`on ekan, {x2}
Qoshi qaro, ko`zi qaro qalamgina,
Kuydiradi, suydiradi sanamgina. (x2)

Kipriklarin nayzasiga fido bo`lay,
Ko`z uchida qaraganda ado bo`lay, (x2)
Sevaman, deb pichirlagan sado bo`lay, {x2}
Qoshi qaro, ko`zi qaro qalamgina,
Kuydiradi, suydiradi sanamgina. (x2)

Qoshi qaro, ko`zi qaro qalamgina,
Kuydiradi, suydiradi sanamgina. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sanamgina
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 13, 2015