G'iyos Boytoyev - Seni deb yashayman jonim

G'iyos Boytoyev

Seni deb yashayman jonim

Nimalar kechmagan bu dunyo ichida,
Umidlar, sevgilar kul bo`lib o`tar.

Yo`llar armonlarga boshlasalar ham,
Armonlar ko`zlarim yoshlasalar ham,
Neki azoblarga tashlasalar ham,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Bulbullar sayragan bog`larim tinsa,
Ko`nglim sokinlikka chidolmay sinsa,
Do`stim bilmaganni dushmanim bilsa,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Yillar o`tar, oylar o`tar, bu kunlar o`tar,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Umr o`taverar, g`ayratlar sinar,
Inson judolikka ko`nikar, ko`nar,
Ko`zlarim yoshidan giyohlar unar,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Bulbullar sayragan bog`larim tinsa,
Ko`nglim sokinlikka chidolmay sinsa,
Do`stim bilmaganni dushmanim bilsa,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Yillar o`tar, oylar o`tar, bu kunlar o`tar,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni deb yashayman jonim
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2016