G'iyos Boytoyev - Seni unutmayman

G'iyos Boytoyev

Seni unutmayman

Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen o`sha, qalbimga g`ulg`ula solgan.
Sen o`sha bahorim, lola yuzligim,
Sen o`sha, bir boqib, ko`nglimni olgan.

Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen mening dunyoda baxtimsan, jonim.
Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen mening dunyoda baxtimsan, jonim.

Unutishim mumkin o`zimni, ammo
Seni unutmayman, qaro ko`zligim.
Sen o`sha, dilimda abadiy qolgan,
Sen o`sha, shakarlab, shirin so`zligim.

Sen o`sha, dilimda abadiy qolgan,
Sen o`sha, shakarlab, shirin so`zligim.

Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen mening dunyoda baxtimsan, jonim.
Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen mening dunyoda baxtimsan, jonim.

Seni unutmoqlik – kechmoqlik jondan,
Seni deb, dunyoda yuribman, jonim.
Mushkullarga qarshi ko`ksimni kerib,
Yemirilmas qoyadek turibman, jonim.

Sen bilan hayotim gullar abadiy,
Sen mening g`ururim, shavkatim-shonim.
Sen mening dunyoda ushlab turuvchi,
Sen mening tayanchim, baxtimsan, jonim.

Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen mening dunyoda baxtimsan, jonim.
Seni unutmayman, unutolmayman,
Sen mening dunyoda baxtimsan, jonim. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni unutmayman
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 15, 2015