Zamonim go`zali, ko`nglim erkasi,
Naqadar shirindur so`zing shirinim. (x2)
Menga boqqaningda lola rang bo`lib,
Buncha qizarmasa yuzing, shirinim. (x2)

Shirinim, shirinim,
Buncha qizarmasa yuzing, shirinim.
Shirinim, shirinim,
Buncha qizarmasa yuzing, shirinim.

Termulib boqaman, yo`lga beqaror,
Sog`inib, dilimda yo`qdir ixtiyor. (x2)
Bir kelib, jonginam, ayla baxtiyor,
Ko`zimga to`tiyo izing, shirinim. (x2)

Shirinim, shirinim,
Ko`zimga to`tiyo izing, shirinim.
Shirinim, shirinim,
Ko`zimga to`tiyo izing, shirinim.

Navbahordek bo`lib, yashnab, ochilib,
Oshkora aylasang, sevgingni kelib.
Dilim quvonchlarga ketardi to`lib,
Nur bo`lib porlasa yuzing, shirinim.

Sen bilan chamanlar yashnagay obod,
Bulbullar lol bo`lib, seni qilur yod.
Suluvlar sardori, qil menga imdod,
Barcha shirinlardan o`zing shirinim.

Suluvlar sardori, qil menga imdod,
Barcha shirinlardan o`zing shirinim.

Shirinim, shirinim,
Barcha shirinlardan o`zing shirinim.
Shirinim, shirinim,
Barcha shirinlardan o`zing shirinim. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shirinim
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 5, 2015