G'iyos Boytoyev - Tegirmonning charxpalagi

G'iyos Boytoyev

Tegirmonning charxpalagi

Tegirmonning charxpalagi aylansino aylansin,
Jayron ko`zli yor yuragi yuragimga boylansin. (x2)
Gulzorlarga mo`ralasam, guldor ro`moli boshda, {x2}
Bizni hayron tentiratgan mana shu qalam qosh-da! {x2}

Qoshu qalamingdan akang, mayda qadamingdan akang, {x2}
Araz qilib o`ldirasan, nozu alamingdan akang.

Ishvalaru nozlar bilan boqishingga o`zim o`lay,
Oyni o`rab qoshlari, qoqishingga o`zim o`lay.
Gulzor ichra oralaydi, asta menga mo`ralaydi, {x2}
Qaro ko`zlari suzulib, yuragimni yaralaydi. {x2}

Qoshu qalamingdan akang, mayda qadamingdan akang, {x2}
Araz qilib o`ldirasan, nozu alamingdan akang.

Izlaganing menmidim, topmaganim senmiding,
Endi sendan qaytish yo`q, o`zga so`zni aytish yo`q.
Yo`llariga mo`ltiratgan mana shu shirin so`z-da, {x2}
Yuragimni qaltiratgan mana shu jayron ko`z-da. {x2}

Qoshu qalamingdan akang, mayda qadamingdan akang, {x2}
Araz qilib o`ldirasan, nozu alamingdan akang. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tegirmonning charxpalagi
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2015