G'iyos Boytoyev - Termulib o'tirsam

G'iyos Boytoyev

Termulib o`tirsam

Ko`zingizga termulib o`tirsam,
Yuzingizga termulib o`tirsam, (x2)
Yurak qonar, dil qonar, ko`ngil qonar-ey,
O`zingizga termulib o`tirsam. (x2)

Oshiqlar ko`p, shaydolar ko`p, men kabi,
Ishq yo`lida gadolar ko`p, men kabi, (x2)
Majnuni bedavolar ko`p, men kabi,
Yo`lingizga termulib o`tirsam. (x2)

Sizni suydim, o`zgani yor etmasman,
O`zim o`lmay, sizni tashlab ketmasman, (x2)
Bir nafas ham yoningizdan ketmasman-ey,
Ko`zingizga termulib o`tirsam. (x2)

Vafosi yo`q go`zallardan bezorman,
Ishqingizda tun-kechalar bedorman, (x2)
Vaslingizga intizorman, xumorman-ey,
O`zingizga termulib o`tirsam. (x2)

Ko`zingizga termulib o`tirsam,
Yuzingizga termulib o`tirsam,
Yo`lingizga termulib o`tirsam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Termulib o`tirsam
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2015