• G`iyos Boytoyev - Yolg'on dunyo

    G'iyos Boytoyev

    Yolg’on dunyo

    Sochlarimning qarosidan oqlari ko`p,
    Yuragimning sog` joyidan dog`lari ko`p,
    Kuragimda nayzalarning tig`lari ko`p, {x2}
    Ko`rgiliging bunchayam ko`p, yolg`on dunyo,
    Yolg`on dunyo ekan bu, yolg`on dunyo bu. {x2}

    Diyonatdan xiyonatning bo`yi uzun,
    Adolatdan razolatning bo`yi uzun,
    Muhabbatdan malomatning bo`yi uzun, {x2}
    Ko`rgiliging bunchayam ko`p, yolg`on dunyo,
    Yolg`on dunyo ekan bu, yolg`on dunyo bu. {x2}

    Yaxshilarga tekis yo`lda yurim yo`qdir,
    Yomoningga nomus yo`qdir, o`lim yo`qdir,
    Haq deganga yaxshilik yo`q, tinim yo`qdir, {x2}
    Ko`rgiliging bunchayam ko`p, yolg`on dunyo,
    Yolg`on dunyo ekan bu, yolg`on dunyo bu. {x2}

    Odamlaring odamlarning izin o`yar,
    Yomonlaring yaxshilarning ko`zin o`yar,
    Olimlaring olimlarning izin o`yar,
    Shoirlaring shoirlarning ko`zin o`yar,
    Men kuymasam, sen kuymasang, kim ham kuyar, {x2}
    Ko`rgiliging bunchayam ko`p, yolg`on dunyo,
    Yolg`on dunyo ekan bu, yolg`on dunyo bu. {x3}