G'iyos Boytoyev - Yoshlik qaytmaydi

G'iyos Boytoyev

Yoshlik qaytmaydi

Bahor qaytar, kuz ham qaytar, qaytar turnalar,
Osmon uzra qo`shig`ini aytar turnalar.
Tabiatning har faslida olam turlanar,
Bolalikni sog`inganda ko`ngil tirnalar.
Bilib-bilmay sochimizga oqlar oralar,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}

Baxt qidirma, baxt ulashar soqiymas hech kim,
O`tar shoh ham, gadolar ham boqiymas hech kim.
Gar gunohing bo`lmasa, bil, qoqilmas hech kim,
Qayg`ularning olovida yoqilmas hech kim.
Yoshlik chog`in qadrin bilmas, oqilmas hech kim,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}

Umrimizning o`zi armon, yo`llari armon,
O`tgan kunlar qori armon, do`llari armon.
Kutolmagan sohibjamol qo`llari armon,
Hayotimiz o`ngi armon, so`llari armon.
Yig`lab qolgan ilk sevgining yillari armon,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoshlik qaytmaydi
Xonanda:
G'iyos Boytoyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 24, 2015