• Gulasal Abdullayeva - Keling o'ynaylik

    Gulasal Abdullayeva

    Keling o’ynaylik

    Yayratadi bizni yana
    Doiraning zarbasi,
    Yuragida o`ti borlar
    Chetda turmay o`ynasin.

    Sozandalar, sho`x kuylarni
    Chaling endi basma-bas,
    Chorlamoqda bizni ana
    Qadrdonlar davrasi.

    Ey, shirin-shirin ohanglarni
    Qayta-qayta kuylaylik,
    Keling, bizga yarashadi,
    Davrada o`ynaylik! (x2)

    Yaxshi niyat qilganning
    Ishi yaxshi bo`ladi,
    Yoshligingda o`ynab ol,
    O`ynaganing qoladi.

    Doirangning qasqoni,
    Ipi bormi osgani?
    Yorim kelar qizg`onib,
    Yo`llarimni to`sgani.

    Ey, shirin-shirin ohanglarni
    Qayta-qayta kuylaylik,
    Keling, bizga yarashadi,
    Davrada o`ynaylik! (x2+x4)