Nima uchun Vatan, Yer va tabiatga nisbatan
Ona so`zini qo`shib aytamiz?
Bolam, Ona Yer, Ona Vatan, Ona Tabiat
Onalarimiz kabi mo`tabar va muqaddasdir!
Uni asrab-avaylash, e’zozlash
Har birimiz uchun ham qarz, ham farz!

Sen bilan hamnafas, uyg`unmiz har dam,
Osmono`par tog`laring to`kadi savlat.
Bag`ringda buloqlar jo`sh urar har dam,
Ulug`imsan Vatandek, ona tabiat! {x2}

Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.

O`n sakkiz ming olamning ko`rki odamzod,
Ba’zan qilmishlari ozorli, hayhot.
Bu yo`ldan qaytamiz, inson ulug` zot,
Joningga jon bo`laylik, ona tabiat.

Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.

Farzandlari asl yurtning joni tabiat,
Fidoyisi, darmoni ham shoni tabiat.
Gar sen sog`lom bo`lsang, avlodlar sog`lom,
Jannatmonand, muqaddassan ona tabiat, ona tabiat.

Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona tabiat
Xonanda:
Gulasal Abdullayeva, Shuhrat Qayumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2016