• Lab-u zabonim ojiz
    Qoldi bu yurakda.
    Saning vasling eslab,
    Dil yig`lar azobda.

    Eslab shirin damlar,
    Yig`lab, ko`zda ko`z yoshlar.
    Bo`lib bevafo yor,
    Sevgimiz etding xor.

    Qoldim kimsasiz sahrolarda,
    Qoldim shubha-yu gumonlarda,
    Yondim, bo`ldimku yo`lingda intizor,
    Intizor. (x2)

    So`zlayotgan bu so`zlar meni ko`zlar,
    Qishni begona etgan bahor-u yozlar.
    Qani ma’noli ko`zlar,
    Qani vafoli so`zlar, qani, ayt qani? (x2)

    Qoldim kimsasiz sahrolarda,
    Qoldim shubha-yu gumonlarda,
    Yondim, bo`ldimku yo`lingda intizor,
    Intizor. (x2)

    Lab-u zabonim ojiz
    Qoldi bu yurakda.
    Saning vasling eslab,
    Dil yig`lar azobda…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.