Taq-tuq, taq-taq-tuq,
Tosh ko’chasida yurgim yo’q,
Yor yoningga chiqmayman,
Bugun seni ko’rgim yo’q. (x2)

Farqlolmaysan hali ham,
Atirgulni loladan,
Uchrashuvga vaqtida
Kelmaydigan bolasan. (x2)
Hey-hey-hey.

Taq-tuq, taq-taq-tuq,
Tosh ko’chasida yurgim yo’q,
Yor yoningga chiqmayman,
Bugun seni ko’rgim yo’q. (x2)

Xafa qilding bemalol,
Berib bema’ni savol,
Ko’nglingda mendan boshqa
Bormi deya yana yor. (x2)
Hey-hey-hey.

Taq-tuq, taq-taq-tuq,
Tosh ko’chasida yurgim yo’q,
Yor yoningga chiqmayman,
Bugun seni ko’rgim yo’q. (x2)

Marvaridim uzildi, uzildi, uzildi,
Ko’nglim yomon ezildi, ezildi, ezildi,
Hafta o’tmasdan yorim
Qadring yomon sezildi, sezildi.

Taq-tuq, taq-taq-tuq,
Tosh ko’chasida yurgim yo’q,
Yor yoningga chiqmayman,
Bugun seni ko’rgim yo’q. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Taq-tuq
Xonanda:
Gulasal Abdullayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 18, 2014