Barno yigit ko’chamizdan o’tar kulib-o, yor,
O’tar kulib, yor.
Nahot uni bir ko’rishda sevib qoldim-o, yor,
Sevib qoldim, yor?

Sevganimni aytolmadim hech kimsaga, yor-ey,
Hech kimsaga, yor.
Xayol o’rtar yuragimni, qoldim kuyib-o, yor,
Qoldim kuyib, yor.

Yagonang, bir donang bo’lay bir o’zim, yor,
Bir umrga yoring bo’lay o’zim, yor.
Bir donang, yagonang bo’lay bir o’zim, yor,
Bir umrga yoring bo’lay o’zim, yor.
Sani sevgan yoring bo’lay o’zim, yor.

Oydin-oydin, oy nur sochgan kechalarda, yor-ey,
Kechalarda, yor,
Aqlim qolar izing qolgan ko’chalarda, yor-ey,
Ko’chalarda, yor.

Pinhon ishqim yuragimni yondiradi, yorim,
Yondiradi, yor.
Telba aylar, o’zimdan ham tondiradi, yor-ey,
Tondiradi, yor.

Yagonang, bir donang bo’lay bir o’zim, yor,
Bir umrga yoring bo’lay o’zim, yor.
Bir donang, yagonang bo’lay bir o’zim, yor,
Bir umrga yoring bo’lay o’zim, yor.
Sani sevgan yoring bo’lay o’zim, yor. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yagonang
Xonanda:
Gulasal Abdullayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 4, 2016