• Sevaman dedi to`g`ri kelib‚
    Yurolmay qoldim yurak urib. (x2)
    Bor-butim olib ketdi go`yo,
    Ko`ngil ichiga o`g`ri kirib. (x2)

    Tikir-tikir yomg`ir donasi-yo,
    Shitir-shitir gulning nolasi-yo,
    Qiqir-qiqir kuldim yosh boladayin‚
    Qorako`z ko`zingning qorasi-yo. (x2)

    O`z-o`zidan borib oynaga qaradim‚
    Sochimni yetti xil usulda taradim‚
    Uch kechayu-kunduz o`tibdi‚ qarang‚
    Nega hamon o`ylayapsan‚ yuragim? (x2)

    Tikir-tikir yomg`ir donasi-yo,
    Shitir-shitir gulning nolasi-yo,
    Qiqir-qiqir kuldim yosh boladayin‚
    Qorako`z ko`zingning qorasi-yo. (x2)

    Yulduz sochilsa kelaverar yor‚
    Derazam tagida turaverar yor.
    Yulduz sochilsa kelaverar yor‚
    Derazamning tagida turaverar yor.
    Ko`zimni ochsam ko`raman uni‚
    Ko`zimni yumsam ham turaverar yor.

    Olmani bo`lasanmi‚ yor‚ endi‚
    Yarmini berasanmi‚ yor‚ endi?
    Man sani yorim dedim-a‚ dedim‚
    Boshqaning sevgisi bekor endi.

    Man sani yorim dedim-o‚ dedim‚
    Boshqaning sevgisi bekor endi.

    Tikir-tikir yomg`ir donasi-yo,
    Shitir-shitir gulning nolasi-yo,
    Qiqir-qiqir kuldim yosh boladayin‚
    Qorako`z ko`zingning qorasi-yo. (x2)

    Tikir-tikir yomg`ir donasi-yo…