• Guli Asalxo'jayeva - Hay-hay o'lan

    Guli Asalxo'jayeva

    Hay-hay o’lan

    Hay-hay o`lan, jon o`lan,
    Qalam qoshman, yor-yor.
    Agar menga boqmasang,
    Bag`ri toshman, yor-yor.

    Atlas ko`ylak kiyganman,
    Yor, bildingmi, yor-yor.
    To`yda to`yib o`ynasam,
    G`ash bo`ldingmi, yor-yor?

    Hov-va, hov-va, hey,
    Ketmagin, ketma yor.
    Hov-va, hov-va, hey,
    Meni tark etma yor. (x2)

    Senga yetay deb bugun
    Boshqachaman, yor-yor.
    Atrofingda parvona
    Aylanaman, yor-yor.

    Hay-hay o`lan, jon o`lan,
    Qalbim tilma, yor-yor.
    Yolg`iz o`zing baxtimsan,
    Yuzing burma, yor-yor.

    Hov-va, hov-va, hey,
    Ketmagin, ketma yor.
    Hov-va, hov-va, hey,
    Meni tark etma yor. (x2)

    Yolg`iz o`zing baxtimsan sen mening,
    Faqat o`zing baxtimsan sen mening.
    Yolg`iz o`zing baxtimsan sen mening,
    Faqat o`zing baxtimsan sen mening.

    Hov-va, hov-va, hey,
    Ketmagin, ketma yor.
    Hov-va, hov-va, hey,
    Meni tark etma yor. (x4)